Muskat haqida nimalarni bilishimiz lozim
2 min. o'qing
Muskat haqida nimalarni bilishimiz lozim

Muskat yong‘og‘i o‘zida ko‘plab ijobiy va salbiy xususiyatlarni birlashtiradi. Uni yaxshi doriga o‘xshatish mumkin — u qon bosimini me’yorga keltiradi, bosh og‘rig‘iga qarshi yaxshi vosita, ammo katta miqdorda nafaqat zararli, balki xavfli hamdir. Shuning uchun bu ziravorni taomlarga qo‘shishda doimo ehtiyot bo‘lish kerak, ba’zan bir chimdim ham kifoya qil
Muskat tarkibida 3% efir moylari, 40% yog‘lar, 20% kraxmal, pigmentlar, saponinlar, pektinlar bor.
Muskat yong‘og‘i qo‘ziqorin va makaron mahsulotlaridan tashqari barcha taomlarga mos keladi. Muskatni istalgan joyga qo‘shishingiz mumkin, asosiysi me’yorida qo‘shishni unutmang.
U sharq mamlakatlarida juda ommabop bo‘lib, usiz hech qanday shirin pishiriqlar tayyorlanmaydi. Yevropada, xususan, Gollandiyada deyarli barcha taomlarga muskat qo‘shiladi. Shuningdek, muskat ichimliklarga, masalan, glintveynga ham mos keladi.
Muskatni butun yong‘oq holda sotib olib, kerak bo‘lganda o‘zingiz yanchganingiz ma’qul. Maydalangan muskat uzoq saqlanmaydi, chunki u o‘zining xushbo‘y xususiyatlarini yo‘qotadi.
Muskatni birinchi bo‘lib shumerlar ishlatishgan, ya’ni bu ziravor 5000 yildan ortiq vaqtdan beri ma’lum.
Muskat daraxti uzoq yashaydi — 100-120 yilgacha hosil beradi.
Izohlar