Ko‘katlarni qanday to‘g‘ri saqlash kerak
1 min. o'qing
Ko‘katlarni qanday to‘g‘ri saqlash kerak

Barra ko‘katlar inson organizmiga naqadar foyda keltirishini hammamiz yaxshi bilamiz. Uni har kuni tanovul qilish tavsiya etiladi. Ammo ba’zida ushbu mahsulotning iste’molchisi sifatida biz ko‘katlarni saqlashning amaliy muammosiga duch kelamiz — ularni ko‘p miqdorda sotib olsangiz, ko‘katlar tezda buziladi va foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.
Sizga ko‘katlarni qanday saqlash bo‘yicha bir nechta oddiy maslahatlarni taqdim etamiz:
Qopqoqli shisha idishda. Ildizlarini kesamiz, buzilgan poya va barglardan tozalab, sovuq suvda yuvamiz. Quritilgandan so‘ng toza shisha bankaga germetik qilib o‘rab, sovutgichga qo‘yamiz.
Bunday usulda saqlanganda ko‘katlar 2-3 haftagacha o‘zining eng yaxshi xususiyatlarini yo‘qotmaydi.
Polietilen paket. Yana ko‘katlarni tozalab qo‘yamiz, lekin ularni yuvish shart emas. Paketga ko‘katlarni shunday joylashtiringki, havo kamerasi hosil bo‘lsin. Shu tarzda, ko‘katlarni 1-haftagacha saqlash mumkin.
Namlik ta’sirida parchalanmaydigan qalin qog‘ozdan foydalanishingiz mumkin (jurnal-gazetalardan foydalanmang, chunki bosma uchun ishlatiladigan bo‘yoq organizm uchun zaharli bo‘lishi mumkin).
Qog‘ozni suv bilan changlang va uning ustiga tozalangan ko‘katlarni qo‘yib, o‘rang va paketga soling. Bunday usulda ko‘katlar 10 kungacha saqlanishi mumkin.
Izohlar