Klaput

1 min. o'qing

Klaput

1 min. o'qing

Klaput
Klaput — Fransiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Limuzen mintaqasidan yengil yozgi shirinlik. 


Klaput — olchali kreplardan tayyorlangan toblatma bo‘lib, u mehmonlarga bevosita pishirish uchun sopol yoki shisha qoliplarda taqdim etiladi.

An’anaga ko‘ra, sharbat va ta’mni saqlab qolish uchun olcha danaklari olinmaydi, shuningdek, danak shirinlikka o‘ziga xos hid beradi.  Tayyorlanishi oson va o‘ziga xos ta’mga ega bo‘lgan bu oddiy oilaviy shirinlik sizga albatta yoqadi.

Sizga kerak bo‘ladi:

  • 400 - 500 gr gilos
  • 4 dona tuxum
  • 100 gr shakar
  • 1 osh q. vanil shakari
  • 85 gr un
  • bir chimdim tuz
  • 500 gr sut1 osh qoshiq alkogol, xohishga ko‘ra (gilosli likyor yoki rom)
  • qolip uchun 10 gr sariyog‘
  • sepish uchun shakar upasi

Pechni 200 darajagacha qizdiramiz.

Tuxumni shakar bilan yumshoq massa hosil bo‘lguncha ko‘pirtiramiz.

Oz-ozdan un qo‘shib, aralashtirib turiladi, oxirida sut va alkogol quyiladi, yaxshilab aralashtiriladi. Quyuqligiga ko‘ra quymoq uchun massa hosil bo‘ladi.
Shisha yoki sopol qolipchalarga sariyog‘ surtib, 1 osh qoshiq shakar sepamiz. Olcha solib, xamirni ehtiyotkorlik bilan quying.

Pastdan isitish rejimida 30 - 40 daqiqa va yana 10 daqiqa yuqoridan isitish rejimida xamir qolip markazida zichlashguncha va yuza oltin rangga kirguncha pishiriladi. Pechenye biroz sovutilib, ustiga shakar upasi sepiladi. Issiq yoki sovuq holda iste’mol qiling.


Muallif:

Nino Megrelidze

Izohlar