Karri sousi

1 min. o'qing

Karri sousi

1 min. o'qing

Karri sousi

Hind oshxonasi betakrordir, unga butun dunyo qoyil qoladi. Bu mamlakatning gastronomiyasi tilga olinganda, birinchi navbatda karri sousi yodga keladi. Ushbu sousning ko‘plab retseptlari mavjud, biz ham uni tayyorlashga va natijasini sodiq o‘quvchilarimiz bilan baham ko‘rishga qaror qildik.

Masalliqlar:

  • karri ziravorining quruq aralashmasi - 2 osh.q
  • kokos qirindisi - 2 osh.q
  • yashil olma - 2 dona.
  • bosh piyoz - 2 dona.
  • achchiq qalampir - 1 dona.
  • sabzi - 2 dona.
  • sarimsoq - 2 dona
  • sariyog‘ - 0,5 qadoq
  • tovuq sho‘rvasi - 0,5 l
  • sut - 200 ml
  • tuz - ta’bga ko‘ra


Tayyorlash usuli:   


Tovada sariyog‘ni eritib, to‘g‘ralgan piyoz, sabzi, sarimsoqpiyoz, qizil qalampirni dimlang. Oxiriga olma qo‘shing.

Sut va kokos qirindisini ko‘pirtiring. Sabzavotlarga kokos suti quying. Karri ziravorini va tuz qo‘shing. Tovuq sho‘rva qo‘shib, olovda 40 daqiqa dimlaymiz.

Sousni go‘sht, tovuq, guruch yoki sabzavotlar bilan dasturxonga tortish mumkin.

Izohlar