Gruziya bo‘ylab gastronomik sayohat
3 min. o'qing
Gruziya bo‘ylab gastronomik sayohat

Agar sentabr oyida Gruziyaga sayohat rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu qo‘llanma sizga gastronomik g‘oyalar taqdim etadi. |
Biz uchta sayyohlik yo‘nalishini tanladik. Ajariyada sentabr quyoshli va iliq bo‘lib, bu vaqtda sayyohlar yozga nisbatan kamroq, shuning uchun dam olish kunlarini rejalashtirish uchun eng qulay payt hisoblanadi. Svanetiyada kuz erta boshlanadi, daraxtlar ming xil rangga bo‘yaladi, agar ob-havo quyoshli bo‘lsa, sizni unutilmas taassurotlar kutmoqda. Sentabr — Kaxetiyaga tashrif buyurish uchun eng yaxshi vaqt, chunki aynan shu paytda rtveli (uzum yig'im terimi) boshlanadi.
Batum baliq bozoriga tashrif buyurmasdan va mahalliy Qora dengiz balig‘idan tatib ko‘rmasdan ketish jinoyat bo‘lganidek, Ajarcha xachapuri tatib ko‘rmasdan dengizda dam olishni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
O‘ziga xos Ajar deserti — baklavani, sohildagi mahalliy qahva bilan tatib ko‘rish mumkin.
Agar siz baland tog‘li Ajariyaga tashrif buyursangiz, albatta boranoni tatib ko‘ring, bu Ajariya oshxonasining o‘ziga xos taomi — eritilgan yog‘da eritilgan mahalliy pishloq. U ancha kaloriyali, lekin juda mazali.
Sinori yupqa xamirturushsiz xamirdan tayyorlanadi, to‘g‘ralgan lavash ketsilarga solinadi va nadugi hamda yog‘ bilan pishiriladi. Juda to‘yimli va mazali taom.

Achmani tatib ko‘rishni han unutmang — bu qaynatilgan xamirdan tayyorlangan, eritilgan yog‘ va pishloq bilan qavatma-qavat surtilgan xachapurining bir turi. Tilla rangga kirguncha duxovkada pishiriladi.
Svan oshxonasi go‘shtli taomlarga boy. Bu yerga sayohat qilar ekansiz, albatta go‘shtli masalliqli kubdari pirogini tatib ko‘ring, unga mahalliy ziravorlar o‘ziga xos ta’m baxsh etadi.
Tashmijobi — yangi pishloq va kartoshkadan tayyorlangan, to‘yimli va mazali taom. Chishvdari — Svan oshxonasining yana bir vegetarian taomi, Megrel chvishtarining "amakivachchasi."
Turli ziravorlar bilan to‘yintirilgan svan tuzini, albatta, o‘zingiz bilan olib keting, uyga qaytganingizdan so‘ng uni barcha taomlarga qo‘shishingiz mumkin. Germetik, salqin joyda saqlang, shunda u uzoq vaqt o‘z hidini yo‘qotmaydi.
Rtveli paytida Kaxetiyaga kelib, gruzinlarning eng qadimiy va muhim an’analaridan birida ishtirok etish kerak. Rtveli uchun quyoshli kun tanlanadi va bu kun haqiqiy bayramga aylanadi. Rtvelidan so‘ng an’anaviy ravishda dasturxon yoziladi, u yerda siz uzum novdalarida pishgangan kabob, an’anaviy non, pishloq va salatdan tanovul qilasiz. Tatara (pastila) qaynatish va churchhela tayyorlash ham sentabr oyida boshlanadi, quritish uchun haftalar kerak bo‘ladi, ammo hech kim yangi tayyorlangan churchhelani tatib ko‘rishdan o‘zini tiya olmaydi.
Kaxetiya xinkalisi, tog‘ xinkalisidan farqli o‘laroq, zira va sarimsoq bilan ziravorlangan.
Vegetarianlar an’anaviy ravishda yumshatilgan eritilgan yog‘ga solinadigan va shunday iste’mol qilinadigan tvorogli xinkalilarni albatta tatib ko‘rishlari kerak, garchi ular mazali va to‘yimli va eritilgan yog‘siz bo‘lsa ham.
Izohlar