Gruzin sharobi tarixi

2 min. o'qing

Gruzin sharobi tarixi

2 min. o'qing

Gruzin sharobi tarixi

Gruziyada uzumchilik va vinochilik

Zamonaviy tok (loza)ning yovvoyi ajdodlari qadim zamonlardan beri butun Gruziya bo‘ylab o‘sgan. Gruziyaning 500 dan ortiq uzum navlari mavjud bo‘lib, ularning 430 tasi davlat va xususiy vinochilik xo‘jaliklarida parvarish qilinmoqda.

Gruziyada tok o‘stirish va sharob ishlab chiqarishning 8000-yillik tarixi turli arxeologik qazishmalar bilan tasdiqlangan. Masalan, Marneuli vodiysidan topilgan sharob toshi (kristall cho‘kindi) eramizdan avvalgi VI asrga tegishli.

Olimlar Gruziya hududida sharobchilikning qadimiy an’analaridan guvohilik beruvchi boshqa artefaktlarni ham topdilar. Shulaveridan topilgan neolit davriga oid ko‘zaga o‘xshash qadimiy idish bu qadimiy madaniyatning yana bir dalilidir.

Majusiylik davridan beri sharob gruzinlar uchun marosim ichimligi bo‘lib kelgan. Qadimda unumdorlik xudosi Aguna sharob ishlab chiqaruvchilarga homiylik qilganiga ishonishgan, shuning uchun unga sig‘inish marosimlari dabdabali teatr tomoshalariga o‘xshardi.

uploads/13-38aa7b9f.jpg
uploads/13-2-3ab2536d.jpg
uploads/13-3-4b762aec.jpg
Gruziya vinochilik

Xristianlikning tarqalishi bilan sharobning ahamiyati ortdi: axir, sharobsiz prichastiye marosimini ham amalga oshirib bo‘lmaydi. Vaqt o‘tishi bilan uzum novdasidan yasalgan xoch Gruziyada xristianlik ramziga aylandi. Deyarli barcha monastirlarda sharob saqlanadigan yerto‘lalar tashkil etilib, ularda qadimiy an’analar asosida musallas tayyorlangan.

XIX asr Gruziyada vinochilik tarixidagi eng muhim davrdir: Aleksandr Chavchavadze birinchi bo‘lib vinochilikda Yevropa usullarini qo‘lladi va gruzin sharobini Yevropada har tomonlama targ‘ib qildi. U sinandali, mukuzani, napareuli va teliani navlarini ommalashtirdi.

Xuddi shu paytda nemis tadqiqotchisi Lens Ruispiri qishlog‘ida gruzin sharoblarini o‘rganayotgan edi.
Ilm-fan XIX asrning o‘rtalarida gruzin tokini o'rganishga kirishdi. O‘sha paytga kelib, Ivan Muxranbatoni sahroblari Yevropaga import qilinayotgan edi.

XX asr boshlarida — gruzin sharoblari Yevropa ko‘rgazmalarining doimiy va keng namoyish etilgan eksponatlari hisoblanadi. Bugun esa ular yangi mashhurlik cho‘qqilarini zabt etmoqda. Chet elliklar kvevri ko‘zalarida saqlangan sharoblarga alohida qiziqish bildiradilar.

Kvevridan tayyorlangan sharoblar — UNESCO ning madaniy meros yodgorligi maqomini olgan.


Izohlar