Dolchin
2 min. o'qing
Dolchin

Dolchin — mazali taom shinavandalarining sevimli ziravori. Ziravorlar bog‘larida uni asosan Osiyoda o‘sadigan dolchin daraxti po‘stlog‘idan tayyorlaydilar.
Tropiklarda uning balandligi ba’zan 15 metrgacha yetadi. Dolchin ziravorlarning eng qadimgisidir. Uning ajoyib xususiyatlari haqida eramizning I asrida Pliniy Katta yozgan
U Injilda ham tilga olingan. Bu ziravor qadimdan nafaqat pazandachilikda, balki tibbiyotda ham qo‘llaniladi. Dolchin ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, qonda xolesterin va qand miqdorini kamaytiradi, yog‘ni eritadi.
Oshpazlikda dolchin uchta asosiy kombinatsiyada tengi yo'qdir: olma, go‘sht va issiq ichimliklar.

Har qanday olmali pirogning klassik varianti dolchinsiz bo‘lmaydi. Bu ziravor mevalarning har qanday tusiga o‘ziga xos ta’m boyligini baxsh etadi. Qahva, qaynoq shokolad, choy, glintveyn yoki punshga qo‘shilgan dolchin po‘stlog‘i esa qishning eng sovug‘ida ham isitadi.
Hatto eng o‘tkir spirtli ichimliklar, viski yoki aroqqa ham biroz vaqt dolchin tayoqchasi solib qo'yilsa, bu ularga yanada olijanob ta’m baxsh etishi mumkin.
Har qanday holatda ham dolchin xushbo‘y bezak uchun ayni muddao bo'ladi. Masalan, bu ziravorlar bilan oilaviy bayram dasturxonini yoki eng sevimli insonlar uchun Rojdestvo sovg‘alarini bezatish mumkin.
Izohlar