Bosh oshpaz sirlari

4 min. o'qing

Bosh oshpaz sirlari

4 min. o'qing

Bosh oshpaz sirlari

mahorat tafsilotlarda

Professional gastronomiya olamida mayda-chuyda narsalar bo‘lmaydi. Mahsulotlarni tanlashdan tortib taom tortish haroratigacha bo‘lgan har bir element taom haqidagi yakuniy taassurotini shakllantiradi. Endigina ish boshlagan oshpazlar ham, tajribali kulinarlar ham foydalanishi mumkin bo‘lgan bir nechta tekshirilgan layfxaklarni o‘rtoqlashmoqchiman.

Murosasiz sof ta’m
Mahsulotning tabiiy ta’mini ochi berish — bu oshpazning oliy mahorati. Bunda ta’m sezish retseptorlarini to‘g‘ri tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Borjomi gazlangan suvi ta’m retseptorlarini yangilaydi, shu bilan taomning ta’mini ochib, uni yanada yaqqol ko‘rsatadi.

Mutaxassis asbob-uskunalari
Oshpazning qo‘l ostida doimo keng turdagi taomlarni tez va sifatli tayyorlash imkonini beradigan eng maqbul mahsulotlar to‘plami bo‘lishi lozim. Bu juda katta ro‘yxat bo‘lishi shart emas, biroq hamma narsa nihoyatda yangi, sifatli va ko‘p qirrali bo‘lishi kerak, jumladan Borjomi suvi ham.

uploads/kirv5784-resized-large-ddb06b63.jpeg
uploads/kirv5817-resized-large-67ad9119.jpeg
uploads/kirv5863-resized-large-27257506.jpeg
uploads/kirv5886-resized-large-02d7e24b.jpeg
Oshpazlik hiylalari

Klyar tayyorlashda oddiy suv o‘rniga Borjomi mineral suvidan foydalaning. Xamir tarkibidagi gazlangan suv qizdirilganda pufakchalar hosil qiladi, ular qobiqni qarsildoq va havodor qiladi. Bu oddiy usul tufayli xamir yengilroq va u qadar zichmas bo‘ladi.

Ta’m va foyda uyg‘unligi
Ta’m va foyda bir-biriga zid bo‘lmasligi kerak. Borjomi mineral suvi ular o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga ko‘maklashadi — u ovqat hazm qilishni me’yorlashtiradi, taomdan keyingi og‘irlikni kamaytiradi va jig‘ildon qaynashini bartaraf etadi. Ko‘pchilik ovqatlanishni to‘g‘ri yakunlash qanchalik muhimligini yetarlicha baholamaydi, ammo aynan shunday mayda-chuyda jihatlar ko‘pincha to‘yimli tushlik yoki kechki ovqatning umumiy taassurotini belgilaydi.

Jazirama yoz taomnomasi

Issiq ob-havoda yengil sabzavotli salatlar va gazaklar, yangi dengiz mahsulotlari, sof Borjomi mineral suvini tavsiya etaman. Bunday uyg‘unlik hatto eng issiq kunda ham yengillik va qulaylikni saqlab qolishga yordam beradi.


Muallif:

Vladimir Svetinovich

Izohlar